Qizketgan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizketgan — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shaharcha (1958-yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. Amudaryo sohilida, Nukus — Taxiatosh avtomobil yoʻli ustida, Nukusdan 10 km narida. Aholisi 23,9 ming kishi (2003). Gʻisht, marmar, asfalt-beton zavodlari, 3 qurilish tashkiloti, qurilish kombinati, avtokorxonalar bor. Umumiy taʼlim maktablari, madaniyat uyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.